loading...

 

Shavkat Mirziyoyev Qozog'istonga davlat tashrifi bilan borishi mumkin

2017 yilning birinchi yarmida O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'istonga davlat tashrifi bilan boradi, deb xabar berdi Sputnik.

Ushbu tashrif Qozog'iston rahbari Nursulton Nazarboyev o'zbek hamkasbini mehmonga shaxsan taklif etgani tufayli rejalashtirilmoqda. Sputnik’ning Toshkentdagi Qozog'iston diplomatik vakolatxonasiga asosan yozishicha, tashrif davomida ikki tomonlama strategik sheriklik bo'yicha ko'plab masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Shu tariqa, savdo-iqtisodiy, transport-logistika sohasidagi hamkorlik, hududlar darajasidagi o'zaro aloqalar va boshqa masalalar muhokama qilinadi.

"O'zaro munosabatlarimiz dinamikasi 2016 yilning oxiri va 2017 yilning boshlarida juda faollashdi. Bizda hal qilinishi lozim bo'lgan bir qator masalalar paydo bo'lgani tabiiy. Bu jihatdan ikki davlat rahbarining uchrashuvi juda muhim va o'z vaqtida", - deya aytib o'tgan Qozog'istonning O'zbekistonda joylashgan elchixonasidagi manba.

Bundan tashqari, suhbatdoshning so'zlariga ko'ra, yaqin orada bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar va tashriflar ham rejalashtirilgan. Xususan, yangi mudofaa va harbiy-texnik hamkorlik bo'yicha vazirlik vakillaridan tashkil topgan qozoq delegatsiyasi O'zbekistonga kelmoqchi. Shuningdek milliy temir yo'l operatorlari delegatsiyalarining uchrashuvi ham bo'lib o'tishi kerak.

Biroq, elchixona vakilining xabar berishicha, ikki tomonlama tashriflar ichida birinchi bo'lib hududlar rahbari darajasidagi uchrashuvlar amalga oshirilishi mumkin. Xususan, aprel-martda Navoiy va Jizzax viloyati hokimlarining Qozog'istonga tashrifi rejalashtirilgan. Tomonlar Navoiy va Jizzaxdagi erkin-iqtisodiy zonalar doirasida Janubiy Qozog'iston viloyatlaridan bo'lgan ishbilarmonlar bilan hamkorlikni muhokama qilishadi.

Avvalroq O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.


Комментарии (0) | Добавить: 14.02.2017

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Yer aholisi 26 fevralda antiqa astronomik hodisa guvohi bo'ladilar
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi
Markaziy bank: Plastik karta egalari uchun qarz olish xizmati joriy etiladi
Erkak kishi uchun hech qachon qilmaslik lozim bo`lgan 6 narsa
2020 yilgacha Yevropa Ittifoqiga birorta davlat qo'shilmaydi
“Farg‘onaazot”da portlash yuz berdi. Qurbonlar bor
Qahva va energetiklar o‘rnini bosadigan tetiklashtiruvchi ichimliklar
Google kompaniyasi Uber’ni sudga berdi
Yangilangan “g'isht” Nokia’ning o'ziga xos jihatlari oshkor bo'ldi
Yerga o'xshash yana yetti sayyora aniqlandi
Sobiq ittifoqning birinchi va so'nggi prezidenti Germaniyadagi villasini sotuvga qo'ydi
Skype’ning "yengillashtirilgan" versiyasi taqdim etildi
Xorazmda GM Uzbekistan xodimlari hibsga olindi
Instagram 10ta suratni 1ta postda chiqarish imkonini yaratdi
Urganch-Xiva temir yo'li qachondan ishga tushirilishi ma`lum bo'ldi
Toshkent shahrida pensionerlarga bir oyda jami qancha naqd pul to‘lanadi? Javob — bitta rasmda
O'zbekistonda spays narkotik moddaga tenglashtiriladi
O'zbekistonda xorijiy tillardagi yangi telekanal ochiladi
O'zbekistonda yangi sud: u yerga davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari ustidan shikoyat qilish mumkin
Islom Karimov haqida badiiy film suratga olinadi
Chor Minor - Chor minor chor atrofi suv minor
Nega ayollarning erkaklarga nisbatan do'sti ko'p?
Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7 smartfonlarini sotuvga chiqaradi
Haqiqiy iPhone’ni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?