У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev Qozog'istonga jo'nab ketdi

calendar 09.09.2017
1177

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 9 sentabr kuni Ostona shahriga jo'nab ketdi. 

Avval xabar qilinganidek, davlat rahbari Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo'yicha birinchi sammitida ishtirok etadi. 

Prezident tashrif doirasida Ostona shahrida "EXPO – 2017" xalqaro ixtisoslashgan ko'rgazmasining rasmiy yopilish marosimida ishtirok etishi hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazishi rejalashtirilgan. 

Яндекс.Метрика