У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan tabriknomalar yo'lladi

calendar 15.06.2018
1015

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan qator xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlarini tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Jumladan, Afg'oniston, Bangladesh, Birlashgan Arab Amirliklari, Indoneziya, Iordaniya, Kuvayt, Malayziya, Misr, Ozarboyjon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Eron, Ummon, Qatar, Qirg'iziston, Qozog'iston va boshqa mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari, Islom hamkorlik tashkiloti, Islom taraqqiyot banki, Shanxay hamkorlik tashkiloti, BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissariyati, Kavkaz musulmonlari idorasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlariga tabriknomalar yo'llangan.

Яндекс.Метрика