У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

calendar 30.01.2017
2421

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar — Birinchi Prezident Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan Samarqandga tashrif buyurdi. 

Davlat rahbari Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi. 

Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan mamlakatdagi ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, xotira kechalari o‘tkazilmoqda. 

Bu tadbirlarda Islom Karimovning serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan tarixda o‘chmas iz qoldirgani, nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanilgani e’tirof etilmoqda. 

30-yanvar kuni Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda ehson berildi. Samarqand va Toshkentdagi marosimlarda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Яндекс.Метрика