У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi

calendar 27.08.2017
1720

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini Hazrati Xizr majmuasidagi mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi. Bu haqda prezidentning feysbukdagi sahifasida ma`lumot berildi.

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov qabriga gul qo'yib, hurmat bajo keltirgan, qur`on tilovat qilinib o'tganlar xotirasi yod etilgan.

Davlat rahbari shuningdek, O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishgan. 

Prezident ko'rsatmalari asosida majmua loyihasi takomillashtirilib, maqbara granit va marmar bilan qoplangan. Maqbara peshtoqi va unga tutash ayvon milliy naqshlar asosida bezatilib, unga Qur`oni Karim oyatlari bilan birga Islom Karimovning hikmatli so'zlari bitilgan. Prezident majmuada olib borilayotgan ishlarni mantiqiy yakuniga yetkazish, ziyoratchilarga tegishli sharoitlar yaratish, unga yondosh qabristonni obod qilish bo'yicha o'z tavsiyalarini bergan.

Яндекс.Метрика