У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi

calendar 20.05.2017
1619

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 21 may kuni Ar-Riyod shahrida bo'ladigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi. 

Davlatimiz rahbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazilishi ham rejalashtirilgan. Muzokaralarda O'zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o'rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko'rib chiqiladi.

Яндекс.Метрика