O'zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod bo'lmish Shavkat Mirziyoyev ovoz berish uchun 4 dekabr kuni Toshkent shahri Mirzo-Ulug'bek tumanidagi 132-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi."Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Mirzo-Ulug'bek tumanidagi 132-saylov uchastkasiga keldi", deyilgan partiya matbuot xizmati ma`lumotida.Shavkat Mirziyoyev saylov uchastkasiga oila a`zolari bilan birga tashrif buyurgan. Qayd etilishicha, Mirziyoyev bilan uning oila a`zolaridan 8 kishi saylov uchastkasiga kelgan.Ushbu saylov uchastkasida jami 2352 nafar saylovchi ro'yxatga olingan. Ayni paytda bu yerda saylovchilar faol tarzda ovoz bermoqda.
Markaziy Saylov komissiyasining oxirgi ma`lumotlariga ko'ra, saylovda davomat Toshkent vaqti bilan soat 10:00 holatiga ko'ra 25.7 foizni tashkil qilmoqda edi.