У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi

calendar 24.12.2017
1275

Bugun, 24 dekabr kuni Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov kuni bo'lib o'tmoqda. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug'bek tumanidagi 162-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. 

«24 dekabr – Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov kuniga poytaxtimizda katta tayyorgarlik ko'rildi. Mamlakatimiz saylov qonunchiligiga ko'ra, ovoz berish jarayonida qatnashayotgan barcha siyosiy partiyalar va o'zini o'zi boshqarish organlari Toshkent shahrining 11 tumanida tashkil etilgan 330 saylov okrugiga bittadan nomzod ko'rsatdi», deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida. 

Saylovda 4 partiya va fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organlaridan jami 1650 nafar nomzod ro'yxatga olingan.

Яндекс.Метрика