У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyobonidagi marosimda ishtirok etdi

calendar 31.08.2018
792

31 avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan Shahidlar xotirasi xiyobonida xalqimiz ozodligi yo‘lida fido bo‘lgan insonlarni xotirlash marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Qur’on tilovat etilib, qatag‘on qurbonlari ruhiga duo qilindi. Elga osh tortildi.

Davlat rahbari diniy ulamolar, ta’lim sohasi mutasaddilari bilan suhbatda vatanparvar insonlarni e’zozlash, yoshlarni milliy g‘urur ruhida tarbiyalash, ularda buyuk bobolarimizdek bo‘lishga intilishni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Buning uchun O‘zbekiston Islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi va oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, ta’lim dasturlarini takomillashtirish kerakligi qayd etildi.

Яндекс.Метрика