У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev Shahrisabzdagi xususiy bog'cha mudirasiga avtomobil sovg'a qildi

calendar 28.01.2018
2229

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz shahridagi xususiy maktabgacha ta`lim muassasasida bo'ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«Vunderkind» nomli mazkur bog'chada ingliz tili va kompyuter bilimlari chuqur o'rgatiladi. Uch qavtli binoda kichkintoylarning intellektual, ma`naviy-estetik va jismoniy salohiyatini o'stirish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Prezident mazkur bog'cha misolida Shahrisabz shahrida yana 25ta nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi barpo etish, bog'cha mudirasi Shahnoza Xolmahmatovaga mamlakatda ishlab chiqarilgan avtomobil sovg'a qilish bo'yicha topshiriq berdi.  

«Bunday muassasalarni qurishdan asosiy maqsad farzandlarimizning maktabga tayyor bo'lib chiqishini ta`minlashdir», degan davlat rahbari.  

Shu yerda Qashqadaryo viloyatida xususiy sheriklik asosida hamda davlat tomonidan quriladigan maktabgacha ta`lim muassasalari dasturi taqdimoti ham o'tkazildi.

Яндекс.Метрика