У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev Sochiga jo‘nab ketdi

calendar 10.10.2017
1571

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Rossiyaning Sochi shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Majlisda MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishi, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi masalalar yuzasidan fikr almashishi, 2018-yilda Hamdo‘stlikka raislik qiladigan davlat masalasini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

Sammit yakunida MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bayonoti, 2019-yilni Kitob yili, 2020-yilni 1941—1945-yillardagi Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi yili, deb e’lon qilish haqida qaror, shuningdek, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan boshqa hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sochi shahrida ikki tomonlama qator uchrashuvlar ham o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Яндекс.Метрика