Shavkat Mirziyoyev sog'liqni saqlash sohasida uch viloyatga 2 oylik tajriba muddati belgiladi

Ma`lumki, 5 yanvar kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sog'liqni saqlash vazirligining yangi rahbariyati, markazlar rahbarlari hamda viloyat sog'liqni saqlash boshqarma boshliqlari va boshqa bir qator mutasaddilar bilan uchrashdi. Unda bugungi kunda tibbiyot sohasi oldida turgan kamchiliklar va muammolar xususida so'z yuritildi. Davlatimiz rahbari tibbiyot sohasining aynan qaysi yo'nalishlari oqsayotganini aniq va ravshan ko'rsatib o'tdi. Shular qatorida ixtisoslashgan tibbiy yordam tizimiga alohida e`tibor qaratildi. 

"Ixtisoslashgan tibbiy yordam tizimida o'z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Bu borada qator ishlar qilindi, lekin "Tizimning bugungi kundagi faoliyati talabga javob beradimi?" degan savol paydo bo'ladi. Ming afsuski, yo'q! Masalan, qishloq aholisining operatsiya amaliyotlarining 90 foizi Toshkent shahrida o'tkazilmoqda. Bu noto'g'ri! Uzoq viloyatlardan Toshkentga yetib kelguncha qancha xarajat ketadi?! Bu borada tizimli taqvimlardan foydalanish kerak, ya`ni mutaxassislar navbatma-navbat kelib, operatsiyalarni o'sha yerlarda amalga oshirishlari kerak. Ixtisoslashgan tibbiy markazlar faoliyatini tanqidiy o'rganib chiqish zarur", - deya ta`kidladi Sh. Mirziyoyev.

Shuningdek davlat rahbari joylarda o'z yo'nalishlari bo'yicha uslubiy yordamlar ko'rsatilmayotgani, mutaxassislar malakasi oshirilmayotganiga diqqatni qaratdi. Ixtisoslashgan markazlarni chekka hududlarda yashovchi aholiga yaqinlashtirish ko'lamini oshirish maqsadga muvofiqligi qayd etildi. Shu o'rinda ixtisoslashgan markazlar strategiyasi va taktikasi tanqid ostiga olindi. 

"Ushbu markazlar aholiga to'liq malakali xizmat ko'rsatmagani tufayli yiliga 40 mingdan ziyod fuqarolarimiz tibbiy yordam uchun chet davlatlarga chiqishga majbur bo'lmoqda. O'zingiz o'ylang - 40 ming odamni qancha puli ketyapti? Nima uchun Rossiyadagi katta klinikalar mutaxassislari bu yerga olib kelinib, operatsiyalar shu yerda bajarilmaydi yoki Hindiston bilan hamkorlikda qo'shma markaz ochilmaydi? Shuning uchun Adham Ilhomovich (Sog'liqni saqlash vazirligining yangi rahbari), birinchidan, 50 nafar xorijdagi O'zbekiston shifokorini olib kelasiz va ikkinchidan, har bir davlat - Koreya, Hindiston, Rossiya bilan hamkorlikda Toshkent, Namangan, Farg'ona va Andijonda yo'nalishlar bo'yicha qo'shma klinikalar ochishni tashkillashtirasiz. O'zbekistondan tashqaridagi shifokorlar qaytganda kerakli hamma sharoitlarni yaratib beramiz. Har bir markazdan 10 kishi, boringki 20 kishidan xorijga o'qishga yuborasiz, u yerdagi yo'nalishlar bilan tanishishsin. Biz yangi texnologiyalarni olib keldik, lekin ularda kim ishlaydi?", - dedi davlatimiz rahbari. 

Bu borada yana bir muhim masala: oxirgi 5 yilda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish - 25 foizga, asab kasalliklari  - 14 foizga, onkologik kasalliklar - 2,5-3 foizga oshganligi qayd etildi. Yuqori texnologik operatsiyalarning faqatgina 23 foizi viloyat miqyosida ko'rsatilgani, qolgani esa Respublika markazida bajarilayotgani ta`kidlandi. Biroq bu sohadagi muammolarning oldini olish bo'yicha deyarli hech qanday ishlar amalga oshirilmayotgani afsus bilan qayd etildi. 

"Buning uchun zamonaviy talablarga javob beradigan onkologiya, neyroxirurgiya, travmatologiya va ortopediya sohalarida ixtisoslashgan markazlarning hududlarda bosqichma-bosqich kardioxirurgiya xizmatini rivojlantirish, tuman va shaharlarda lor va oftolmologiya, kardiologiya, nevrologiya, endikrinologiya kabi ixtisoslashgan bo'limlarni tashkil etish masalasini ko'rib chiqish vaqti keldi", - dedi davlatimiz rahbari. 

Bundan tashqari, shifokorlar bilan ta`minlash darajasi past saqlanib turgan viloyatlar ulushi ko'payib borayotganligi aytildi. 

"Masalan, 10 ming aholiga nisbatan eng past ko'rsatkichlar Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida tibbiy yordam sifatiga salbiy ta`sir etmoqda. Respublika bo'yicha ajratilgan 92 ming shtat birligidan 10 400 tasi vakant bo'lib qolmoqda. Bular - anesteziolog, rentgenolog, psixiatr, pediatr, laborant, shifokor mutaxassisliklaridir. Bularning bari tibbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi ham kamchiliklar va o'z yechimini kutayotgan muammolar mavjudligidandir.

Tibbiyot kadrlari yetishmovchiligi muammosini bartaraf etish, sifat darajasini ko'tarish maqsadida alohida dastur ishlab chiqarish zarurligi ta`kidlandi va bunda quyidagi masalalarga e`tibor qaratish lozimligi aytildi: 

- bakalavriat bosqichida o'qish muddatini 7 yildan 6 yilga qisqartirish; 
- yangi malaka va talablar, o'quv rejasi dasturlarini joriy etish; 
- tibbiyot oliy ta`lim muassasalari uchun o'quv rejadagi ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar blokdagi ajratilgan soatlar, umumiy o'quv yuklamalarini optimallashtirish;
- tibbiyot oliy ta`lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash asosida ta`lim sifatini yaxshilash; 
- amaliy ko'nikmalarni to'laqonli o'zlashtirishda talabalarga shart-sharoit yaratish;
- oliy ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash".

Shu o'rinda tibbiy oliy ta`lim muassasalarida amaliyotga alohida e`tibor qaratish lozimligi ta`kidlandi. 

Bundan tashqari, Tibbiyot akademiyasini bitirganlar viloyatlarga borib ishlamayotganiga e`tibor qaratish talab qilindi. 

Aholini dori vositalari bilan talab darajasida ta`minlash bo'yicha qator muammo va kamchiliklarga ishora qilindi. 

"Bugungi kunda farmatsevtika bozorining 75 foizini import dori vositalari tashkil etmoqda. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan dori vositalari aholi ehtiyojini umuman qoplamayapti. Dorixonalar qo'yilgan talablarga javob bermaydi. Ularda sotilayotgan bir xil nomdagi dori vositalari narxi 2-3 barobar farq qiladi, lekin vazirlik bunga hech qanday chora ko'rmaydi", - dedi davlatimiz rahbari. 

Shuningdek bir qator tibbiyot mutasaddilarining fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Shavkat Mirziyoyev bundan keyin Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari ikki oylik tajribaga o'tishini ma`lum qildi. Boshqa viloyatlarda ham bu borada ishlar olib borilishi, lekin shu uch viloyatda vaziyat juda yomonligi aytildi. 

"To'g'ri, ko'p ish qilindi, lekin endi muhtaram Islom Abdug'aniyevichning 25 yillik islohotlarini xalqqa yetkazish va manfaatdorlik hamda natijaviylik yuzasidan mutlaqo yangi tizim yaratamiz. Odamlar bizdan juda ko'p narsani, adolatli tibbiy xizmat yetkazishni kutyapti. Sizlarning burch va mas`uliyatingiz boshqa soha mutaxassislariga qaraganda o'n karra yuqoriroq. Men sizlarning madaniyatingiz, vatanparvarligingiz, qasamyodingizga sodiq ekanligingizga umid qilaman", - deya o'z so'zlariga yakun yasadi Sh. Mirziyoyev.

Manba: kun.uz


Комментарии (0) | Добавить: 10.01.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Davlat idoralari rahbarlariga muntazam ravishda jurnalistlar bilan uchrashish majburiyati yuklandi
Xitoyda 1,6 trln dollarlik loyihalarga start beriladi
2017 yilda Ukrainadan O'zbekistonga qancha pul yuborilgani aytildi
Umid Ahmadjonov yana bir tashkilot prezidenti etib saylandi
O'zbekistonda Facebook ishlamay qoldi
Kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam ko'rsatishni rad etganlik uchun qanday jarima belgilanadi?
Umid Ahmadjonov O‘zbekiston milliy termasining bo‘lajak bosh murabbiyi bilan uchrashish uchun Dubayga uchib ketdi
Ravon brendi 2017-yil bo‘yicha Sibirda eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtomobilga aylandi
“Suzuk ota” majmuasi 2018-yilgi mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi
Jahon iqtisodiyoti xakerlar sababli 600 mlrd dollarlik ziyon ko'rdi
Bojxona qo'mitasining yangi raisiga yangi o'rinbosar tayinlandi
Markaziy Osiyodagi eng korrupsiyalashgan davlat ma`lum qilindi
Qashqadaryoda yuziga niqob kiygan shaxslar omborxonaga hujum qildi
Qozog'iston lotin alifbosiga o'tdi
Saudiya Arabistonida bouling va bilyard-klublar ochishga ruxsat berildi
Qo'shni respublikalar bilan tinchlik-totuvlikda yashash kerak – Sooronbay Jeenbekov
Xitoyda grippga qarshi yangi vaksina yaratildi
Kartoshka bojxona to'lovlaridan ozod etildi
La Liga. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi
Dunyodagi eng ulkan oltin koni
Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi