У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev — Surxondaryoda

calendar 19.01.2018
951


 

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun, 19-yanvar kuni Surxondaryo viloyatiga yetib keldi.

Surxondaryo viloyati ulkan iqtisodiy imkoniyatlari, geografik va transport salohiyati bilan mamlakatimiz hayotida muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy korxonalar tashkil etilib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Qishloq xo‘jaligi, kichik biznes izchil rivojlanmoqda.

Davlat rahbari Surxondaryoga tashrifi davomida viloyatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan rejalar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi rejalashtirilgan, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Яндекс.Метрика