У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev: Tomorqalardan foydalanib, xalqimiz bemalol boy yashasa bo‘ladi

calendar 17.03.2018
1049

O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida ishtixonlik dehqon Toshquvvat Rajabov xonadonida mehmon bo‘ldi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, xonadon egasi bilan muloqot davomida Davlat rahbari tomorqalar tayyor ishchi joy ekanini ta’kidlagan.

Shavkat Mirziyoyev: Bir gapni har doim aytaman: hech kim chetdan kelib bizga bir narsa qilib bermaydi. Boqimandalik, befarqlik eng yomon illatlar. Dunyoda harakatsiz boy bo‘lgan davlat ham, xonadon ham yo‘q-ku! Biz ham farovonlikka faqat o‘z mehnatimiz, o‘z harakatimiz bilan erishishimiz mumkin.

Mana, masalan, Xitoyda 8 sotix yeri bor odam badavlat hisoblanadi. Bizning qishloqlarimizda bundan ham katta tomorqalar bor. Undan samarali foydalanilsa, xalqimiz bemalol boy yashasa bo‘ladi. Biz odamlarni ish bilan ta’minlash, oilalarga daromad manbai yaratish haqida o‘ylayapmiz. Tomorqa — tayyor ishchi joy, tayyor daromad.

Яндекс.Метрика