Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashdi

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Xitoyning Tsindao shahrida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Vladimir Putinni Rossiya prezidentligiga qayta saylangani bilan yana bir bor tabriklab, Rossiya bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari O'zbekiston tashqi siyosatining o'zgarmas yo'nalishi ekanini ta`kidladi.

Bir yilda o'zaro 70 ta delegatsiya tashrifi amalga oshirilgani, 21 marta hududlararo uchrashuvlar o'tkazilgani aloqalarning bugungi sur`ati va miqyosidan dalolat beradi. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatlarimiz o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 40 foizdan ziyod o'sgan. Hali oldinda yana yirik loyihalarimiz ko'p, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Rossiya prezidenti davlat rahbari bilan uchrashuvdan mamnunligini ta`kidlab, mamlakatlar hamkorligida ko'plab samarali loyihalar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

O'tgan yili Rossiyaga tashrifingizdan keyin hammasi ijobiy tomonga o'zgardi. Sizning tashabbusingiz bilan chegaralardan o'tishda «yashil yo'lak» tashkil etilgani natijasida O'zbekiston meva-sabzavotlarini yetkazib berish qariyb 36 foiz oshdi. Rossiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, dedi Vladimir Putin.

«Lukoyl» kompaniyasi O'zbekistonga 7 milliard dollar investitsiya kiritgani, joriy yil aprelda Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ishga tushirilgani qayd etildi.  «Rosatom» Atom energiyasi bo'yicha davlat korporatsiyasi bilan energetika sohasida sheriklik va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olingani ta`kidlandi. 

Joriy yilning kuzida O'zbekistonga oliy darajadagi tashrif kutilmoqda. Shuningdek, Toshkentda ilk bor O'zbekiston va Rossiya hududlararo forumini o'tkazish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvda ushbu muhim tadbirlarni amaliy mazmun bilan boyitish, buning uchun vazirlik, kompaniya va hududlar o'rtasidagi aloqalarni faol davom ettirishga kelishib olindi.

Muloqot chog'ida tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.


Комментарии (0) | Добавить: 09.06.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Ucelldan yangi “Active” tarif rejalari tizimi!
Hukumat jismoniy shaxslar O‘zbekistonga bir oyda bir marta olib kira oladigan texnikalar ro‘yxatini tasdiqladi
Toshkentda patrul xizmati avtomobillarining tashqi ko‘rinishi o‘zgarmoqda
Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirishda qanday hujjatlar talab qilinadi?
Samsung Galaxy Note 9 flagmanining yangi suratlari paydo bo‘ldi
Yangi Zelandiya bosh vaziri o‘z lavozimida turib farzandini dunyoga keltirgan ilk hukumat rahbari bo‘ldi
JCh—2018. Messi va uning Argentinasi Xorvatiya tomonidan tor-mor etildi
Yosh ijodkorlar "Koinot" guruxidan tez kunda yangi tarona Premyerasi! Bizda!
Intel rahbari “ishdagi ishq” sababli o'z lavozimini tark etdi
Prezident videoselektorida investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishlari tahlil qilindi.
«Instagram» foydalanuvchilari soni milliardga yetdi
Samsung Galaxy S10 ning ilk “jonli” surati tarqaldi. Unda umuman rom yo‘q
O‘zbekistonda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlaridan so‘ng “Obod maktab” loyihasi ishlab chiqiladi
Avvallari faqat orzu qilinishi mumkin bo'lgan g'aroyib texnik yangiliklar
O'qituvchini majburlab ishlatishga «xumori qo'ziydigan» rahbarlarga chora ko'riladi, maktablar hokimlikka bo'ysunmaydi - Prezident topshirig
“O'rikzor” bozori yonidagi elektr temir ustuni nima sababdan qulagani aytildi
Kim yirik soliq to'lovchi hisoblanadi?
GM Uzbekistan avtomobillari videoregistrator va ERA-GLONASS tizimi bilan jihozlanadi
Samarqandda xotini tomonidan kaltaklangan er ichki ishlar idorasiga qo‘ng‘iroq qildi
Pokistonda erkak unga turmushga chiqishdan bosh tortgan qizni otib o‘ldirdi
O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida aviaqatnovlar keskin ko'payadi
Yevropa AQSh bojlariga javob qaytardi
Neymar «Real»ga o'tishga ikkilanmoqda
JCh—2018. Rossiya—Misr 3:1
Xonanda Tohir Usmonov ota bo‘ldi
Pul bilan muomala qilishning biz rioya qilmaydigan 10ta qoidasi
1-iyulga qadar Toshkent va boshqa yirik shaharlarning barcha kompaniyalari onlayn-kassalarga o‘tishi lozim
JCh—2018. Belgiya Panamani tor-mor etdi, Lukakudan dubl, Mertensdan esa supergo
Haydovchilik guvohnomasi: olish, almashtirish yoki dublikatini rasmiylashtirish
Olimlar: Insoniyat intellekti avloddan avlodga pasaymoqda