У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev Xotira maydoniga tashrif buyurdi

calendar 09.05.2018
1272

Mamlakatimizda 9 may – Xotira va Qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Toshkent shahrida bo'lib o'tayotgan bayram tadbirlarida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko'ra, davlatimiz rahbari dastlab Xotira maydoniga tashrif buyurib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo'ydi. Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

«O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 16 apreldagi «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag'batlantirish to'g'risida»gi farmoni hamda «Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq ko'plab madaniy-ma`rifiy tadbirlar o'tkazildi», deyiladi xabarda.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan mukofotlar topshirildi. Ularning o'zlari jang qilgan mamlakatlarga borib-kelishi, sanatoriylarda bepul dam olishi uchun sharoit yaratildi. Ikkinchi jahon urushi va front ortida mehnat qilgan faxriylarga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog'ida halok bo'lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a`zolariga moddiy va ma`naviy yordam ko'rsatildi.

Яндекс.Метрика