У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev yaqin vaqt ichida rasmiy tashrif bilan Fransiyaga boradi

calendar 16.07.2018
796

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin vaqt ichida rasmiy tashrif bilan Fransiyaga boradi. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib, “Podrobno.uz” xabar berdi.

“Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan”, — deya ma’lum qilgan manba.

Manbaning bildirishicha, Fransiya poytaxtida shu hafta savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tadi.

Яндекс.Метрика