У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev zamonaviy dunyoni o‘zgartirayotgan o‘n nafar yetakchi ro‘yxatidan o‘rin oldi

calendar 05.01.2018
1793


Turkiyaning yetakchi iqtisodiy nashrlaridan biri — Derin Ekonomi jurnalining sharhlovchilari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o‘z mamlakati va mintaqasidagi vaziyatlar o‘zgarishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan jahonning birinchi o‘n nafar yetakchisi ro‘yxatiga kiritdi, deb xabar berdi “Jahon” axborot agentligi.

Derin Ekonomi jurnali reytingi Turkiyadagi boshqa bir yetakchi nashr — Yeni Şafak gazetasi tomonidan ham ko‘chirib bosildi.

Mazkur ro‘yxatdan muhim ahamiyatga molik qarorlari bilan o‘z mamlakatlari va mintaqalaridagi mavjud vaziyatni o‘zgartirib yuboradigan va bu bilan xalqaro maydondagi vaziyatga faol ta’sir ko‘rsatadigan hamda jahon ommaviy axborot vositalarining “nyusmeykeri”, ya’ni ularning diqqat-e’tibori obyekti bo‘lib qolayotgan yetakchilar nomlari joy oldi.

Mutaxassislarning qayd etishlaricha, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan birinchi kunlardanoq mamlakatni yalpi liberallashtirish, “har yerda hozir-u nozir” bo‘lgan huquq-tartibot idoralari faoliyatini tartibga solish, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan chuqur islohotlarni hayotga tatbiq etmoqda.

Ta’kidlanganidek, yangi rahbariyat boshchiligida O‘zbekistonda mamlakatni amalda erkin bozor sari harakatlantirishga hamda tashqi savdo va valyuta siyosatini liberallashtirishga yo‘naltirilgan o‘ta muhim qarorlar qabul qilingani xorijlik sarmoyadorlar uchun respublikaning jozibadorligini oshirdi.

Boshqa davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlarni tubdan yaxshilash yo‘lini tutgani Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti lavozimidagi eng katta e'tiborga munosib qadamlaridan biri bo‘ldi.

Turk nashrlarida qayd etilishicha, mazkur reytingdan joy olgan o‘n mamlakat yetakchilarining ism-shariflari, ehtimol, shu paytga qadar jahon hamjamiyati uchun taniqli bo‘lmagan, biroq 2018-yili ular “har bir kishiga o‘zlarini tanitishadi”.

Яндекс.Метрика