У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyevning Qozog'istonga tashrifi kutilyapti

calendar 12.03.2018
1214

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15 mart kuni Qozog'istonga borishi kutilyapti, deb yozmoqda “Xalq so'zi” nashri Qozog'iston davlat rahbari matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasiga tayangan holda.

O'zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo mamlakatlari – Qozog'iston Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi rahbarlarining Ishchi (maslahatlashuv) uchrashuvida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev Qozog'istonda O'zbekiston Yilining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Ayni chog'da ikki davlat rahbari san`at ustalarining gala-konsertida ham qatnashadi.

Яндекс.Метрика