“Shaytanat” teleseriali 1-maydan teleekranlarga qaytadi


O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng muxlislar e’tiborini qozongan va juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Shaytanat” seriali “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning “Shaytanat” asari o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida dunyo yuzini ko‘rgan va o‘n besh yildan ortiq vaqt mobaynida jami beshta kitob millionlab nusxada chop etilgan edi.

Bu asarning dastlabki kitoblari asosida suratga olingan “Shaytanat” seriali ham tomoshabinlarning juda kuchli qiziqishiga sabab bo‘lgan. Yodgor Sa’diyev rahbarligidagi “Qalqon” studiyasi tomonidan ishlangan bu film namoyishi boshlanganidan so‘ng ko‘p o‘tmay to‘xtab qolgan va buning sababi rasman izohlanmagan edi.

Serialning ishlangan, ammo efirga uzatilmagan qismlari Yodgor Sa’diyev tomonidan hech kimga ko‘rsatilmay pinhon saqlab kelingani to‘g‘risida ma’lumotlar bor.

Ma’lumotlarga qaraganda, 30-aprel kuni dastlab bu serial haqida maxsus tok-shou bo‘lib o‘tadi. 1-maydan boshlab esa “Shaytanat” efirga uzatila boshlaydi.

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!