У нас есть только
оригинальные песни

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Iymon» kitobi yana sotuvga chiqarilmoqda

calendar 27.07.2018
1596

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub «Iymon» deb nomlangan kitobning ikkinchi nashri sotuvga chiqarilmoqda. 

«Hilol» nashri tarqatgan xabarga ko'ra, 28 ming so'm narxda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilayotgan «Iymon» kitobi birinchi marta 1991 yilda nashrdan chiqqan edi.

«Islomning tamal toshi – iymon javhariga bag'ishlangan bu asar kitobxonlar tomonidan qizg'in kutib olingan, tezda qo'lma-qo'l bo'lib o'qilgan edi. Iymon masalasi dinimizning asosi bo'lgani tufayli, unga oid masalalarga bag'ishlangan mazkur kitobga bo'lgan talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, asarning ikkinchi, to'ldirilgan nashrini chop etishga qaror qilindi», deyiladi nashriyot xabarida. 

Ma`lum qilinishicha, yangi nashrda bir qancha maqolalarga qo'shimchalar kiritildi. Shuningdek «Sunnat», «Sunnat va ilmiy mo'`jizalar», «Shariat», «Islom terrorga qarshi», «Islom giyohvandlikka qarshi», «Islom va tabiatni muhofaza qilish», «Islom mo'`tadillik dini», «Islomda inson huquqlari», «Islom va boshqa din vakillari», «Islomda ayollar huquqlari», «Ayollar va teng huquqlilik» kabi bir necha yangi maqolalar qo'shilgan.

Ushbu kitobning elektron nashri ham bo'lib, u bepul tarqatiladi.​

Яндекс.Метрика