У нас есть только
оригинальные песни

Shayx Salmon: FIFA 2018 yilga borib bankrotga uchrashi mumkin

calendar 30.01.2016
1682

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) moliya sohasida islohot o'tkazish bo'yicha tashkilot rahbarligiga nomzodlar tomonidan taqdim yetilayotgan takliflar tashkilotni 2018 yilda bankrotga uchrashiga sabab bo'lishi mumkin. Ushbu fikrlarni FIFA prezidentligiga nomzod shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa Insideworldfootball.com portaliga bergan intervyusida aytib o'tdi.

“So'nggi moliyaviy yil davomida FIFA ko'rsatkichlari sezilarli darajada yomonlashdi, – dedi Salmon. – Bu qayg'uli manzara. 2018 yilda FIFA o'z moliya zaxiralarini sarflab yuboradi, agarda vaziyat o'nglanmasa, marketing va televizion huquqlarni sotishdan olinayotgan pullar bizga yetmaydi. Raqiblarimning takliflari FIFA xarajatlarini keyingi to'rt yil ichida milliard dollarga oshiradi”.

Uning so'zlariga ko'ra, bu kabi dasturlar amalga oshirilsa, tashkilot FIFAning oxirgi yildagi 100 million dollarlik kamomadini hisobga olsak, juda og'ir vaziyatga tushib qoladi. U o'z rejasi tashkilotni bankrotga olib bormasligi, aksincha, uni qayta qurishi va jonlantirishini iddao qilmoqda.

FIFA prezidentligiga shayx Salmondan tashqari JARning sobiq turar-joy qurilishi vaziri Tokio Seksvale, FIFA bosh kotibining sobiq o'rinbosari Jerom Shampan (Frantsiya), Yevropa futbol assotsiatsiyasi kengashi (UEFA) bosh kotibi Janni Infantino va Iordaniya shahzodasi Ali bin al-Husayn ham o'z nomzodini ilgari surgan. FIFA prezidenti to'rt yil muddatga saylanadi. Amaldagi prezident Yozef Blatter 2015 yilning 29 mayida tashkilot kongressida navbatdagi muddatga qayta saylangan yedi. Biroq oradan to'rt kun o'tganidan so'ng poraxo'rlikda ayblanganidan so'ng iste'foga chiqish haqida ye'lon qildi. Yangi prezidentlik saylovi 26 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Яндекс.Метрика