Шерали Жўраев ҳам катта саҳналарга қайтмоқда


Аввалроқ, Ўзбекистон халқ артисти Юлдуз Усмонова катта саҳналарга қайтгани, телеканаллар ва радиоларда унга қўйилган чекловлар олиб ташланиб, қўшиқлари ТВ ва радиода жаранг сочишни бошлагани ҳақида хабар берган эдик.
 
Кўп ўтмай Ўзбекистон халқ артисти Фаррух Зокиров бошчилигидаги “Ялла” гуруҳи ҳам ТВда кўрина бошлади. Анча йиллардан буён ТВ ва радиолардан йироқда бўлган бу санъаткорларни халқ соғинган эди.
 
Юлдуз Усмонова ва Фаррух Зокировнинг ТВда кўрина бошлаши, катта саҳналарга қайтиши, одамлар орасида “Шерали Жўраев ҳам қайтармикин?” деган саволни уйғотди.
 
Маълумотларга қараганда, Ўзбекистон халқ артисти Шерали Жўраевнинг қўшиқлари ҳам тез кунда радио ва ТВда жаранг сочади.
 
Кеча, 20 декабрь куни Тошкент шаҳрида “My5” телеканали орқали эфирга узатиладиган “Дийдор ширин” дастурининг Янги йил байрами учун махсус сони суратга олинди. Унда Ўзбекистон халқ артисти Шерали Жўраев икки ўғли Шоҳжаҳон Жўраев ва Зоҳиршоҳ Жўраев билан иштирок этган.
 
Дастурнинг байрам сонида Ўзбекистон халқ артисти Юлдуз Усмонова ҳам қатнашган.
 
“Дийдор ширин”нинг байрамона махсус сони Янги йил байрами кунлари эфирга узатилади.


Комментарии (0) | Добавить: 21.12.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Instagram’da Bosh vazir Abdulla Aripov sahifasi paydo bo'ldi
Ko‘zoynakdagi qirilgan izlardan qanday qutulish mumkin?
Har qanday odamni ishontirishning 4 yo‘li
Ertalabki bosh og‘rig‘ining sabablari
OAVda tarqatilayotgan axborotlarga yosh tasnifi qo'yiladi
Elektr tarmog'i korxonalari tarmoqdan ogohlantirib o'chirishi kerakmi?
Qoraqalpog'istonda elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro davlatga qariyb 50 mln so'm zarar keltirgan
Kir yuvish vositasining sifatini aniqlashning oddiy yo‘li
Ma’lumot talab qilinmaydigan qiziqarli kasblar
Konditsionersiz qanday qilib uydagi haroratni salqinlashtirish mumkin?
Alla Pugachyovaning nabirasi uylandi
Adobe Flash tarixga aylanadi
Har bir talabalar turar joyida tarbiyachi-pedagog shtati joriy etiladi
Vaqti-vaqti bilan nimalardan dam olib turish kerak?
Sochlar uzoq vaqt toza va chiroyli bo‘lib qolishi uchun ularni qanday yuvish kerak?
Ko‘z atrofi terisini qanday parvarish qilish kerak?
Ozodbek Nazarbekov «Yoshlar» telekanali direktorligidan ketdi
Merkel turmush o'rtog'i bilan operaga bordi
Markaziy bank avtokreditlar to'xtatilgani sababiga oydinlik kiritdi
Terminal olishni kutayotgan tadbirkorlar javobgarlikka tortiladimi?
Salbiy o‘ylarga qarshi kurashishning 4 yo‘li
Atirni to‘g‘ri sepishni o‘rganamiz
Sovuq dush qabul qilish uchun 3 ta sabab
Neymar «PSJ»ga o'z shartlarini ma`lum qilgan
Rossiya qamoqxonalarida qancha o'zbekistonlik borligi ma`lum bo'ldi
Yulduz Rajabova Instagram’da qo‘pol izoh qoldiradigan yigitlardan nolidi
«Barselona» «Yuventus»ni mag'lub etdi, Neymar ikkita gol urdi
Chiroyli avtoraqamlarning taxminiy narxi ma`lum, lekin bu yakuniy baho emas
Интернет нега тез арзонлашмаяпти - “Ўзбектелеком” изоҳи
Putin qay tariqa prezident bo‘lganini so‘zlab berdi