У нас есть только
оригинальные песни

Sherzod Kudbiyev: Ishsizlik darajasiga nomuvofiq yaratilgan ish o‘rinlari iqtisodiyot va mehnat bozorida buzilishlarga olib keladi

calendar 04.05.2018
765

Ishsizlik darajasiga nomuvofiq yaratilgan ish o‘rinlari iqtisodiyot va mehnat bozorida buzilishlarga olib keladi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyevning so‘zlariga asoslanib, Sputnik xabar berdi.

“Vazirlik ish o‘rinlarini tashkil etish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ishga joylashtirish kvotalarini shakllantirishda davlat buyurtmasi asosida mehnat bozorining ahvolini diqqat bilan tahlil qiladi”, — deydi Kudbiyev.

Bundan tashqari, vazirning ta’kidlashicha, axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, yagona milliy mehnat tizimini yaratish va yangilash rejalashtirilmoqda.

“Hozirgi kunda barcha davlat tuzilmalari negizida yagona dasturiy paketlarni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda”, — deya ta’kidlaydi vazir.

Yangi dastur orqali ishchi va ish beruvchi o‘rtasida elektron shakldagi shartnoma va bitimlarni tuzish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari dastur ishchining ish staji haqida ma’lumotlarni to‘playdi va uni elektron mehnat daftarchasiga qayd etib boradi.

Яндекс.Метрика