У нас есть только
оригинальные песни

ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo'mitasiga yangi direktor tayinlandi

calendar 12.01.2016
774

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining Qaroriga muvofiq, 2016 yilning 1 yanvar kunidan boshlab Еvgeniy Sisoev Toshkent shahrida joylashgan ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo'mitasi direktori lavozimiga kirishdi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berilgan.

General-polkovnik Е.Sisoev 1959 yilda Tomsk viloyatida tug'ilgan. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tizimida ko'p yillardan buyon faoliyat yuritib keladi. So'nggi vaqtda Rossiya Federatsiyasining Federal xavfsizlik xizmati direktori o'rinbosari – Milliy aksilterror qo'mitasi devoni boshlig'i vazifasida ishlagan.

Яндекс.Метрика