У нас есть только
оригинальные песни

ShHT sammitida BMT bosh kotibining o‘rinbosari ishtirok etadi

calendar 17.06.2016
986

23–24-iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida BMT bosh kotibi Pan Gi Munning siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Jeffri Feltman ishtirok etadi. Bu haqda, BMT yangliklar markaziga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Kutilayotgan sammit muhim ahamiyatga egadir, negaki O‘zbekistonning 2010-yildagi raisligi doirasida BMT va ShHT kotibiyatlari o‘rtasidagi hamkorlik yuzasidan deklaratsiya imzolangan edi, deb ta’kidlanadi xabarnomada.

Sammit arafasida BMT Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakilining maktubi chop etildi. Unga ShHTning mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashdagi o‘rni haqida material ilova qilindi.

Яндекс.Метрика