loading...

 

Shifokorlar nima uchun doim telefonga talpinishimizga izoh berishdi

QaYerda bo'lmaylik - ishda, ko'chada, restoranda - bir manzaraga ko'zimiz tushadi: odamlar telefonidan ko'z uzolmay qolgan. Shifokorlar nima uchun doim mobil qurilmalarimizga qo'l cho'zishimiz va bu bilan qanday kurashish mumkinligiga izoh berishdi. 

Bugungi kunda aksariyat kishilar ijtimoiy tarmoqlar yoki elektron pochtani tekshirmoqchi bo'lib, telefonga termulish kabi muammoga to'qnash kelmoqda. Buning boisi oddiy. 

Hamma gap dofaminda! Xo'sh, dofamin nima? Bu - rohatlanish va zavqlanish uchun javobgar neyromediator. Biz uchun yoqimli biror nima ro'y bergan paytda miyamizda dofamin ishlab chiqariladi. Masalan, qiziqarli video yoki tasvirlarni ko'rganimizda, bizga yo'llangan yangi xabarlarni o'qiganimizda o'ylaymiz: bizni unutishmagan, biz haqimizda o'ylashyapti. Bularning barchasi insonda zavqlanish hissini uyg'otadi va natijada organizm dofamin ishlab chiqaradi. Bu jarayon nafaqat ruhiy, balki jismoniy hisoblanadi. 

Mazkur jarayon ayniqsa bolalar miyasida tez sodir bo'ladi, shu bois ularni telefon yo planshetni qo'ldani qo'yishga majburlash qiyin kechadi. Bu muammo haqida hattoki Screenagers ("SkrineyjYerlar") nomli hujjatli filmi yaratilgan. 

Bu odatdan qanday qutulish mumkin?

Birinchi qadam - o'z oldingizga erishish oson bo'lgan maqsadni qo'yish. 

Masalan, do'stlaringiz bilan kafeda o'tirmoqchi bo'lsangiz, barcha telefonlarni stol markaziga qo'ying-da, ularga tegmang. Do'stlaringiz bilan kelishib oling: kim sabrsizlik qilib telefonini qo'liga olsa, o'sha inson ziyofat uchun pul to'laydi. Yo bo'lmasa, yana bir variant - do'stlaringiz bilan kelishib, 10-15 daqiqa ajrating va shu vaqt ichida kimning telefon bilan bog'liq ishlari bo'lsa, bitirib olsin, keyin yana telefonlarni olib qo'ying. 

Telefonga tobe`lik muammosi yosh juftliklar orasida juda keng tarqalgan. Bugungi kunda yosh oilada er-xotin bir-biri bilan muloqot qilish o'rniga mobil qurilmalariga termulib vaqt o'tkazishadi. 

Turmush o'rtog'ingiz bilan kelishib oling: har kuni bir-biringiz shunchaki suhbatlashish uchun telefoningizni ko'zingiz tushmaydigan joyga olib qo'ying. Buning uchun muayyan vaqt ajrating, masalan uyqu oldidan, ana shunda munosabatlaringizning ijobiy tomonga o'zgarishini sezishingiz mumkin. 


Комментарии (0) | Добавить: 15.10.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Tarixda birinchi marta yengil avtomobil Antarktidani kesib o'tdi
Tramp ma’muriyati Keystone neft quvuri qurilishini ma’qulladi
Apple kompaniyasi iPhone va iPad’ni noutbukka aylantiradi
Quruq mevalar — foydami yoki zarar?
4 yoshli bola Siri dasturi yordamida onasining hayotini saqlab qoldi
Zamonaviy qullikning alomatlari
Shavkat Mirziyoyev “Nazarboyev universiteti”ga tashrif buyurdi
Matn kiritishning yangi usuli o'ylab topildi
Wi-Fi’ni boshqarish tizimi ishlab chiqildi
Professional sartaroshdan sochlarni kesish qoidalari
Shavkat Mirziyoyev Qozog'istonga tashrifini boshladi
Erdo‘g‘on: Yevropa ortiq Turkiyaga ta’sir o‘tkaza olmaydi
Kiyimlar umrini uzaytirish yo‘llari
Xitoylik qiz yigitni oila qurishga ko'ndirish maqsadida 900ta taksini ijaraga oldi
Dunyoning eng qimmat shaharlari reytingi taqdim etildi
Yevroittifoqda migrantlarga nisbatan eng salbiy munosabatda bo'luvchi millatlar
Bug'doyning foydali xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
22-martda Uzcard tizimida uzilishlar bo‘lishi kutilmoqda
Qon guruhini ikki daqiqada aniqlash usuli ishlab chiqildi
Instagram'dagi jonli translyatsiyalarni saqlash imkoni paydo bo'ldi
Forbes reytingi: dunyoning eng badavlat 20 insoni
«VKontakte» hamjamiyatlarga pul o'tkazish tizimini yo'lga qo'ydi
Mobil operatorlarning cheksiz internet tariflari va 5G texnologiyasi Wi-Fi’ni siqib chiqaradi
Shavkat Mirziyoyev Navro'z saylida qatnashdi
Poroshenko Donbass nazorati to'liq yo'qotilganini tan oldi
Dunyodagi yashash uchun eng yomon bo'lgan shahar ma`lum
Bahorda sochlarni parvarish qilish qoidalari
Yaponiyada yashovchi xorijliklar soni bir yilda 7 foizga oshdi
Ortiqcha vaqt bo‘lmasa, ingliz tilini qanday o‘rganish mumkin?
Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritilmoqda