У нас есть только
оригинальные песни

Shifokorlar uchun shanbaliklar bekor qilindi, biroq...

calendar 18.02.2017
2223

O'zbekistonda tibbiyot xodimlarini qiynab kelayotgan masalalardan biri hal etildi: odatdagidek, o'tkaziladigan shanbaliklar bekor qilindi. Biroq ularning o'rniga endilikda yakshanbaliklar joriy qilinadi. 

Sog'liq saqlash muammolariga bag'ishlangan tadbirda spikerlardan biri qariyb bir yildan beri tibbiyot xodimlarini ish vaqtida hududlarni tozalashga chiqishi talab qilinmaganini aytib o'tdi, deb xabar beradi NUZ nashri. Buning uchun ma`lum bo'lishicha, dam olish kunlari mavjud.

Spikerning fikricha, shifokor o'z dam olish kunida ko'chani tozalashi normal holat. Shuningdek, tibbiyot xodimlari tozalashga har hafta kelmasligi, yakshanbaliklarga barcha xodimlar navbat bilan chiqishi, bu esa ularga avvalgiga nisbatan ancha yengillik berishi ham qayd etildi. 

Mutaxassis fikricha, bu hech kimga og'irlik tug'dirmaydi, aksincha, o'zi ishlaydigan shifoxonaga bo'lgan hurmatni oshiradi. Biroq ko'plab tibbiyot xodimlari hamda bemorlar bu kabi tadbirlar qaysi kun bo'lishidan qat`i nazar mumkin emasligini ta`kidlashmoqda. Ish kunida shifokorlar ishlashi, dam olish kuni esa hordiq chiqarishi lozim.

Яндекс.Метрика