KXDR mamlakat ichida ishlaydigan o'z to'lov tizimini ishga tushirdi, deb xabar beradi Nk News portali. Kartani mamlakatdagi univermaglarda qo'llash mumkin. Karta va to'lov tizimi Shimoliy Koreya tijoriy fan instituti tomonidan yaratildi.
Kartani mamlakat markaziy banki ishlab
chiqaradi. Shu bilan birga, ekspertlarning aytishicha, markaziy bank
kredit kartalari emitenti bo'lishi uchun mamlakatda huquqiy baza va
tegishli infrastruktura yaratilishi talab qilinadi. Shu bois, ularning
taxminicha, gap debet kartalari haqida ketmoqda: ularga fuqarolarning
maoshlari tushiriladi.
Ayni kunlarda mamlakatda 4 turdagi debet kartalari ishlab kelmoqda.