У нас есть только
оригинальные песни

Shimoliy Koreya o'zining internetsiz qolganida AQShni aybladi

calendar 27.12.2014
3727


Shimoliy Koreya mamlakatning internetdan uzilib qolishida AQShni ayblab chiqdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. "AQSh, o'z harakatlarini yashirib o'tirmasdan, internet va respublikamizning barcha asosiy ommaviy axborot vositalari faoliyatini ishdan chiqardi”, – deyiladi Shimoliy Koreya mudofaa qo'mitasi bayonotida. KXDR vakillari "Sony Pictures”ga uyushtirilgan kiber-hujum ortida aynan Shimoliy Koreya turgani haqidagi AQSh ma'muriyati va Federal tergov byurosi da'volarini yana bir bor rad etib, ushbu ayblovni asoslash uchun AQShdan dalillarni taqdim etishni talab qildi. Ma'lumot uchun, hafta boshida KXDR xalqaro internet tarmog'idan ma'lum vaqtga to'liq uzilib qolgan edi.
Яндекс.Метрика