У нас есть только
оригинальные песни

Shimoliy Koreyada aholini evakuatsiya qilish mashq qilindi

calendar 29.10.2017
1019

Butun Shimoliy Koreya bo'ylab oxirgi hafta davomida aholini evakuatsiya qilish mashq qilindi. Bu haqda North Korea News nashri xabar bermoqda. 

Nashr ma`lumotlariga ko'ra, mashg'ulotlar mamlakatning turli qismlaridagi kichik shaharlarda o'tkazilgan. Bundan tashqari, yorug'lik maskirovkasi rejimi qo'llangan. Bunda potensial raqibni mo'ljaldan og'dirish maqsadida butun boshli aholi punktlarida chiroqlar o'chirib qo'yilgan.

Bu xabarlar Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning Janubiy Koreyaga tashrifi ortida paydo bo'ldi. Mettis AQSh Shimoliy Koreyani hech qachon yadroviy davlat deb tan olmasligini va Vashington Shimoliy Koreya muammosini harbiy yo'l bilan hal qilishning bir nechta variantini ko'rib chiqayotganini ma`lum qilgan.

Ta`kidlanishicha, Shimoliy Koreyada bunday mashg'ulotlar oxirgi marta 2003 yilda o'tkazilgan.

Яндекс.Метрика