У нас есть только
оригинальные песни

Shohjahon Jo‘rayev Rayhon bilan duet masalasida kelishib, uni oxiriga yetkazmaganini tan oldi

calendar 10.10.2016
1171

Qo‘shiqchi Shohjahon Jo‘rayev “Darakchi” gazetasi bilan suxbatda duet kuylash masalasiga e’tibor qaratdi.

Jurnalist Aliya Sulaymonovaning repertuaringizda umuman duet tarona uchramaydi, deya bildirgan fikriga Jo‘rayev shunday javob berdi:

“Bunga umuman qiziqmayman desam, to‘g‘riroq bo‘ladi. Men bilan hamkorlik qilishni istaganlar o‘zi qo‘shiq bilan kelishi kerak, deb hisoblayman. Duet kuylaylik degani bilan qo‘lida ishi bo‘lmasa, bu to‘g‘ri emas”.

“Ovozlarning bir-biriga tushishi ham muhim. Bir marta duet kuylamoqchi bo‘ldim. U Rayhon G‘aniyevaning uslubiga mos edi. Konsertlarning birida taklif bildirdim, kelishib ham oldik. Ammo qiziqishim kuchli bo‘lmagani uchun ishni oxiriga yetkazmaganman”, — dedi Shohjahon Jo‘rayev.

Qo‘shiqchi 10 yillar davomida dadasi Sherali Jo‘rayevning yo‘nalishida qo‘shiq kuylab kelgani haqida aytib, endi 35 yoshdan kichik bo‘lganlar uchun ham ijod qilishga qaror qilganini bildirdi:

“O‘zimga qolsa yangi imidjda ancha oldin ko‘rinish berardim. Biroq istasam-istamasam meni dadamga o‘xshatishardi. Shu kunga qadar sahnada men uchun emas, otam uchun qarsak chalindi. Ya’ni, ularning qo‘shiqlarini kuylaganim uchun. Biroq butun umr soyada yurishim yaxshi emas. Dadamga munosib o‘g‘il ekanimni yetarli darajada isbotladim. Endi kimningdir o‘g‘li emas, Shohjahon Jo‘rayev deyishmoqda. Shuning uchun o‘zim istagan yo‘nalishga ham yetib kelyapman”, — deb tushuntirish berdi Sherali Jo‘rayevning to‘ng‘ich farzandi.

“Men istagan qo‘shiqlar mana endi jarang sochishni boshlaydi. Ularga mo‘ylovli Shohjahon yarashmaydi. Bugun yaratayotgan qo‘shiqlarim 35 yoshdan kichiklar uchun. Rok-n-roll elementlari bor qo‘shiqlarimni eski shinavandalarim tushunmay qolishi ham mumkin”, — deb fikr bildirgan Shohjahon Jo‘rayev yangi yo‘nalishi tinglovchilar tomonidan yaxshi qabul qilinishiga ishonchi yuz foiz komil ekanini ham qo‘shimcha qilgan.

Яндекс.Метрика