У нас есть только
оригинальные песни

Shohruhxon hayotida o'zgarish!

calendar 24.04.2014
15379


Mushuklarga ishqi ketgan xonanda Shohruhxon yana ushbu uy jonzotlarini qiynashdan va nihoyat chekinadigan ko'rinadi. Sababi ijodkor o'z kliplari mavzuini butunlay o'zgartirishga qaror qildi.
"Mening qo'shig'im" kompozitsiyasiga ishlangan remix tarona taqdim etilganiga u qadar ko'p bo'lgani yo'q. Lekin Shohruhxon ushbu remeyk uchun ham klip olinishi kerak deya hisoblamoqda. Klipmeyker Sarvar Isayev. Ushbu klipda va nihoyat mushuklardan halos bo'lamiz va endi haqiqiy real hayotdagi ba'zi saxna ko'rinishlari paydo bo'ladi. Shohruhxonga aktrisa Asal Shodiyeva ham hamrohlik qilib, oilaviy hayotni aks ettirishadi. Darvoqe, Shohruhxon va nihoyat uylanishga qaror qilgan. Faqat kimgaligi biz uchun noma'lum. Yana kim biladi deysiz, balki bu Asal Shodiyevadir... Agar shunday bo'lsa bu yo'nalishdagi shov-shuvlar bu yil uchun bizni yaxshigina hayratga solishi aniq.

Яндекс.Метрика