У нас есть только
оригинальные песни

Shohrux reperning o‘n yillik tanaffusdan keyingi ilk konsertidan fotoreportaj

calendar 26.03.2017
2814

Shohrux reper 24—25-mart kunlari “Istiqlol” san’at saroyida o‘zining 10 yillik katta tanaffusdan keyingi ilk konsert dasturini taqdim etmoqda.

Dasturning birinchi kunida 45 dan ortiq qo‘shiq kuylandi. Bu qo‘shiqlarning qariyb har biriga muxlislar jo‘r bo‘ldi, reper qaysidir qo‘shiqni butunligicha, boshqa birining esa faqat naqorotini muxlislar bilan kuyladi.

Aksariyat qo‘shiqlarning ijrosi vaqtida zaldagi barcha muxlislar o‘rinlaridan tik turib, reperni olqishladi. Konsertdagi qo‘shiqlar, avval ma’lum qilganidek, jonli ijroda kuylandi — faqat musiqa fonogramma bo‘ldi, xolos.

Яндекс.Метрика