У нас есть только
оригинальные песни

Shohrux Xon Rossiyaning “Viy-3” filmida qatnashadi

calendar 17.11.2016
2790

Bollivudning eng mashhur yulduzlaridan biri Shohruh Xon “Viy-3” filmida ishtirok etadi. Bu haqda, film prodyuseri Aleksey Petruxinga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

“‘Viy-3’ sifatida mashhur ‘Hindistonga sayohat: mangulik ostonasida’ filmi loyihasi yangi hamkor — mashhur Shohruh Xonga ega bo‘ldi. U ham aktyor, ham prodyuser sifatida ishtirok etadi. Ishtirok etishi ilgariroq ma’lum bo‘lgan Ranvir Kapur ham filmda ishlashni davom etadi”, — ma’lum qildi Petruxin Mumbaida o‘tayotgan Rossiya kinosi kunlarida.

Rejissor Oleg Stepchenkoning mumtoz rus adibi Nikolay Gogolning “Viy” qissasi asosida suratga olingan shu nomli filmi 2014-yilda Rossiyaning eng kassabop kartinasi bo‘ldi. Shu bois uning davomini suratga olishga qaror qilindi. Ayni paytda filmning ikkinchi qismi — “Viy-2: Xitoyga sayohat” ustida ish davom etmoqda. Uchinchi film voqealari Hindistonda bo‘lib o‘tadi.

Яндекс.Метрика