У нас есть только
оригинальные песни

Shoira Otabekova "TABASSUM"

calendar 12.01.2013
5061


Shoira Otabekova 2013 yil boshidan katta rejalar bilan yana ijodga kirib keldi. Shoiraning ilk qadamlaridan biri bu uning yangi albomi taqdimoti edi. 10 yanvar kuni soat 18:00da «Kontinent» supermarketida joylashgan «Nirvana» musiqiy do’konida Shoira Otabekova o’zining yangi albomi taqdimotini o’tkazdi.


Albom taqdimotini siz-u bizga juda yaxshi tanish bo’lgan Dj Rustambek olib bordi. Albom taqdimoti boshida OAV hodimlari bilan kichik bir matbuot anjumani o’tkazildi. Unda jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob olishga muyassar bo’ldilar.  Shoira Otabekova o’zining «Tabassum» albomidan o’rin olgan bir qator qo’shiqlarini yig’ilgan muxlislar uchun kuylab berdi. So’ngra esa albomning ilk egalariga aylangan muxlislar Shoira Otabekovadan dastxat hamda devoriy suratlarni ham sovg’a tariqasida qabul qilib oldilar.


Shoira Otabekovaning «Tabassum» albomidan xonandaning 16ta yangi qo’shig’i o’rin olgan. Mazkur albom bizning hamkorimiz «Nirvana» musiqiy do’konlarida sotilmoqda. Biz o’z o’rnida Shoira Otabekovaga kelgusi ijodida omadlar yor bo’lishini tilab qolamiz.


Яндекс.Метрика