У нас есть только
оригинальные песни

Shoira va adiba Tursunoy Sodiqova 72 yoshida vafot etdi

calendar 14.01.2017
1764

Shoira, adiba, voiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Tursunoy Sodiqova olamdan o‘tdi. Bu haqda jurnalist Muhammad Ismoil Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Shoira 1944-yil 24-martda Andijon shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. O‘rta maktabda muallim, yoshlar tashkilotlarida, keyinchalik Andijon Davlat tillar institutida, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida ishlagan. Filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.

Tursunoy Sodiqovaning ilk she’riy to‘plami “Kuy” nomi bilan 1976-yilda chop etilgan. Shundan beri “Gul fasli” (1981), “Iqbol” (1984), “Dil gavhari” (1985), “Izlay-izlay topganim” (1988), “Girya” (1994) kabi o‘nga yaqin she’riy guldastalar yaratib, o‘z o‘quvchilariga taqdim etdi. Shuningdek, odob-axloq mavzularida bitilgan maqolalarini “Andisha” (1988), “Mehrigiyo” (1989), “Baxtli bo‘ling” (1989), “Baxt nima?” (1994), “O‘zbek she’riyatida an’ana va o‘ziga xoslik” kabi nomlar bilan to‘plam va qo‘llanmalar tarzida nashr ettirgan.

Яндекс.Метрика