У нас есть только
оригинальные песни

Shou biznes olamida ikki boshlovchining nikoh to’yi bo'lmoqda

calendar 12.09.2015
6830

Mana bir necha kundirki o’zbek shou biznesining ikki ko’zga ko’ringan vakili xonanda va boshlovchi Oyxon Iforzoda va boshlovchi hamda DJ Nodirshoh Alimovich Instagram tarmog’i orqali fotixa marosimlari bo’lib o’tganini e’lon qilishmoqda. Dastavval ular to’y xizmatlarida birga tushishgan fotosuratlarini joylashtirishgandi. Keyinchalik ularning ikkisi ham fotixa marosimidan bir xil chiroyli qutichalar-u tortlarning suratlarini yuklab, barchani xayratga solishdi lekin bu paytda Oyxonning ham, Nodirshohning ham followerlari kelin-u kuyovning kim ekanligidan bexabar edi.
Ijodkorlarning yaqinlari-yu do’stlari, shou-biznesimizning a’zolari izohlar orqali ularni tabriklab, bu ikki juftlik haqida oshkor qildilar. Ular uchun barcha xursand bo’ldi va tabriklar hali ham tingani yo’q. Yangi hayot ostonasiga qadam qo’yayotgan ikki sevishgan qalbga, biz ham tuganmas va bitmas baxt-u saodat, umriboqiy muhabbat hech qachon tark etmasligini tilab qolamiz.Baxtli bo’linglar!
Яндекс.Метрика