У нас есть только
оригинальные песни

Shov-shuvga aylangan pullar Toshkentdan emas, Ekvadordan topilgan

calendar 23.04.2017
2495

Qabristondan topilgan pullar Toshkentdan ham emas, Nigeriyadan ham emas, balki Ekvadordan topilgani ma`lum bo'ldi. Katta qiymatdagi pullar aynan Ekvadordan topilgani haqida The Republican News nashri xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu suratlar anchayin shov-shuvga sabab bo'lgandi. Ko'plab foydalanuvchilar bu pullar O'zbekistonda, garaj ichidan topilganini ta`kidlashgan edi. Biroq barcha shov-shuvlar va tasdiqlar “soxta” xabarligicha qoldi.

Toshkent shahar IIBB tomonidan o'tkazilgan brifingda ana shu mish-mishlarga oydinlik kiritilgan, boshqarma boshlig'i o'rinbosari Doniyor Toshxo'jayev mazkur surat fotomontaj ekanligi, Toshkentda bunday holat aniqlanmaganligini ma`lum qilgandi.

 

Bu pullar nafaqat O'zbekiston, balki Nigeriyada ham “mashhur” bo'lib ketdi. Sababi, Nigeriyaning Iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish bo'limi xodimlarining rasmini fotoshop yordamida kesib olib, pullar topilgan qabriston suratini joylagan. Natijada, internet bo'ylab "12 million dollar Nigeriyadan topildi", degan xabarlar ommalashib ketgandi. 

Aslida esa bu pullar Ekvador politsiyasining xalqaro giyohvand moddalar oldi-sotdisini bartaraf etish bo'yicha amalga oshirgan maxsus operatsiyasi natijasida topilgan. Bu haqida Ekvador politsiyasi o'zining rasmiy tvitter sahifasida  ham xabar bergan. 

Яндекс.Метрика