У нас есть только
оригинальные песни

Shov-shuvli “Intervyu” filmi disklari KXDRga havo sharlarida yuborildi

calendar 09.04.2015
2647


Janubiy koreyalik aktivist Li Min-bok Shimoliy Koreyaga Amerikaning KXDR yetakchisi Kim Chen In ustidan kuluvchi "Intervyu” filmi yozilgan minglab disklarni yuborganini ma’lum qildi, deb yozadi Agence France-Presse.

Aktivist KXDRda taqiqlangan film yozilgan disklarni havo sharlariga bog‘lab, chegara yaqinida osmonga uchirgan. Koreyalikning so‘zlariga ko‘ra, u bunday aksiyalarni bir necha marotaba o‘tkazgan.

Aslida KXDRdan qochib o‘tgan Li Min-bok fikricha, "Intervyu” filmi "Kim Chen Inni xudo emas, odam sifatida ko‘rsatadi”. Bu filmlarni havo sharida yuborish orqali, u Shimoliy Koreya aholisiga haqiqatni anglatmoqchi ekanligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, "Intervyu” deb nomlangan ushbu film syujetida AQSh televideniyesida ishlaydigan ikki muxbir Kim Chen Indan intervyu olish imkoniga ega bo‘ladi. Ular Shimoliy Koreyaga ketish safaridan avval maxfiy xizmat tomonidan KXDR rahbarini o‘ldirish haqida buyruq oladi. Filmdagi bosh rollarda Jeyms Franko ("O‘rgimchak odam”) va Set Rogen ishtirok etgan.

"Intervyu” 25-dekabr, Rojdestvo kunidan AQSh hududidagi 200 dan ortiq mustaqil kinoteatrlarda namoyish etila boshladi. Bunday qarorni kinolentani ishlab chiqargan Sony Pictures kompaniyasi qabul qildi.

Dastlab filmni AQShdagi 3 mingta kinoteatrda ko‘rsatish rejalashtirilgan edi. Sony Pictures kompaniyasi kompyuter tarmog‘iga hujum uyushtirgan xakerlar "Intervyu” premyerasi  bo‘ladigan kinoteatrlarda 2001-yil 11-sentabrdagi kabi teraktlar uyushtirish bilan tahdid etgach, filmning 25-dekabrga mo‘ljallangan AQSh premyerasi bekor qilingan edi.


Яндекс.Метрика