Shoxrux Xonning uyi oldida uch kun turgan indoneziyalik muxlisa aktyor bilan uchrashishga muvaffaq bo'ldi

Indoneziyalik qiz Hindistonga kelib, Bollivud yulduzi Shoxrux Xon bilan ko'rishmaguniga qadar unga tvitter orqali xat yozishda davom etdi. 

Indoneziyadan sevimli yulduzi bilan uchrashish uchun atayin uchib kelgan muxlisa Shoxrux Xonning eshigi tagida turib, uning tvitteriga xabarlar yo'llay boshladi. 
Aktyorning so'nggi shov-shuvli filmlaridan biri bo'lgan «Muxlis»da ham bosh qahramon sevimli yulduzi bilan ko'rishish uchun barcha ishga tayyorligi haqida hikoya qilinadi.

Qarangki, bu holat faqatgina kinoda emas, real hayotda ham sodir bo'ldi. Mutiara Ulta Xerlita ismli qiz do'sti bilan Indoneziyadan uchib kelib, Shoxrux Xonning Mumbaydagi qarorgohi hisoblanmish Mannat yonida 3 kun davomida banner ko'tarib turdi. Bannerda «Shoxrux Xon, men sen bilan uchrashmay turib, Indoneziyaga qayta olmayman» degan jumlalar yozilgan edi.

Ashaddiy muxlisa ovqat emay, uxlamay, aktyor bilan uchrashish umidida bannerni ko'tarib turdi va bir vaqtning o'zida tvitterda Shoxrux Xonning rasmiy sahifasiga murojaat qilgan holda iltimosnoma qabilidagi xabarlarni yo'llay boshladi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda aktyorga bu kabi iltimoslarni so'rab yozuvchi muxlsilar millionlab topiladi, biroq bu uddaburon va jasur qizga omad chinakamiga kulib boqdi.

Shoxrux Xon tvitterdagi xabarlarni o'qib, Mutiara bilan ko'rishishga rozilik bildirdi.

 


Комментарии (2) | Добавить: 25.05.2016
2. Shaxboz_95 (26.05.2016 08:50)
Haqiqiy muxlisa ekan qoyil. Shoxruxhonni o'rnida men bo'lganimda...;)
1. dima02 (25.05.2016 21:27)
Ha endi
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]