У нас есть только
оригинальные песни

SHPION NEWS davom etadi.

calendar 06.05.2011
3267
Assalomu alaykum efirda SHPION NEWS VA STUDIYADA MIRANDA. Ilk habarimizi hakerlar hujumiga oid yangilik bilan boshlaymiz. Hayot.net saytiga 4 may kuni O'nur ismli hakker hujm qilib hayot.net saytini vzlomat qilibgina qolmay sayt adminiga tahdid qildi. Hakker sayt admini u bilan tezda bog'lanishini talab qildi. Agar sayt admini bir soatgacha hakker bilan bog'lanmasa saytini sotib yuborishini aytib tahdid qildi. Shpionlarimizni aytishiga qaraganda hayot.net sayti admini haker bilan kelishib olibdi. Hozir hayot.net sayti yana ishga tushdi. Endi navbatni mashhur saytlardan biri mp3uz.net sayti yangiliklariga beramiz. Mana 6 kundurki mp3uz.net saytiga kirishni iloji bo'lmayabdi. Yani mp3uz.net sayti ishlamayabdi. Hozircha nima sababdan sayt ishlamayotgani bizga nomalum. Navbatni fakultet.uz sayti yangiliklariga beramiz. O'g'rini qaroqchi urdi. Yog'e adashdim fakultet.uz saytida og'rilik sodir bo'ldi. Gap shundaki fakultet.uz saytida chiqqan qandaydur maqolani qaysidur gazeta o'g'irlab chop etibdi .Buni bilib qolgan fakultet.uz sayti azosi alisher o'g'ri gazetachilarni boplab tanqit qilib. Saytdan malumot ko'chirishga ko'chiribsiz fakultet.uz saytiga minnatdorchilik bildirmasdan muallifni ham ko'rsatmay qonun buzdilar deb aybladi. Qiziq o'zlari ham shu qoidalarga rioya qilarmikan. Negadur fakultet.uz saytidegilar boshqa saytdan narsa ko'chirib o'z saytlariga joylayotganda qaysi saytdan ko'chirishganini va muallifni yozish eslaridan chiqib qoladi. Nima ham derdik qaytar dunyo.Endi navbatni eng ko'p auditoriyaga ega bo'lgan sherlar.uz sayti yangiliklariga bersak. Sherlar.uz saytida yoshlarimizni sevimli guruxi haqida turli mish mishlar yuribdi. Kimdur Ummon guruhi Termizga gastrol safariga borganda.Termizliklar Ummon guruhini yaxshi kutib olmadi aksincha Ummonga baklashga otib haydashdi. Shuning uchun Ummon guruhi boysunga konsert bergani bormay qo'ydi. Boysunliklar biletni 5000 ming dan olishgandi ularga esa biletlarni 2000 mingdan qaytarib olishdi. Shunday qilib boysunliklar 3000 minga kuyib ummondan hafa bo'lishdi desa. Yana kimdur Ummon Qo'qonga gastrol safariga kelganda Qo'qonli bollar ummondi mashinasini nomerini yechib olib rosa quvlashdi ummon guruxidagi zohid rosa qochdi ummon zo'rg'a qochib qutuldi. Tutvoganimizda rosa kuylatardik deb mish mish tarqatsa. Boshqalar bu shunchaki mish mish deb e'tibor bermayabdi. Hullas sherlar.uz saytida shunaqa mish mishlar. Endi navbatni mesniy yani yoshlar.com sayti yangiliklariga beramiz. Kecha yoshlar.com sayti forumida rekord qo'yildi. REKORDNI yoshlar.com sayti azosi Dj Smoker o'rnatdi. Dj Smoker bir kundi o'zida forumda 135 otvet yozib bir kunda polkovnik darajasiga yetib forumni portlatib ginnes rekordlari kitobiga kiritildi. Yoshlar.com saytini Jurnalisti Lauren Ewens ham hammani qoyil qilib uncha muncha jurnalisti qo'lidan kemaydigan ishni bajardi. Yani kimsan Ummon guruhidan intervyu olib sensatsiya o'rnatdi. Undan tashqari Lauren Ewens mashhurlar hayoti nomli loyihani ochdi bu loyihada sevgan yulduzlariz haqida qiziqarli malumotlarni olasiz. Shpionlarimizi aytishiga qaraganda. YOSHLAR.COM ni yana bir spontim jurnalisti miranda_89 dan ham yangilik bor ekan. miranda tez kunlarda yangi qalampirmunchoq nomli yangi achchiqqina loyihasini amalga oshirish niyatida ekan. Sizga yetkazmoqchi bo'lgan ena so'ngi qiyqiriq yangiliklarimiz shulardan iborat edi. Yoshlar.com saytini kuzatib boring shunda boshqa saytlarga kirishizga hojat qolmaydi. Chunki biz sizga barcha o'zbek saytlarida bo'layotgan eng baqiriq mish mish va yangiliklarini yetkazib boramiz. Topganimizi siz bilan baham ko'rdik. Agar sizda ham shunga o'xshash mish mishlar bo'lsa biz bilan baham ko'ring. Men esa sizlar bilan bir haftaga hayrlashaman. Yoshlar.com biz yoshlar orasidamiz.

(diqqat ushbu yangiliklar jiddiy qabul qilinmasin bu shunchaki rost hazil)

Яндекс.Метрика