У нас есть только
оригинальные песни

Shri-Lanka prezidenti Enrike Iglesiasning kontserti tashkilotchilarini savalashni taklif qildi

calendar 28.12.2015
1094

               

Shri-Lanka prezidenti Maytripala Sirisena mamlakat poytaxti Kolombo shahrida taniqli qo'shiqchi Enrike Iglesiasning kontsertini tashkillashtirganlar jiddiy jazolanishi kerakligini bildirdi. U buning uchun O'rta asrlarda qo'llanilgan darra urish usulini taklif qilgan. Bu haqda The Independent nashri xabar tarqatdi.

Ispaniyalik qo'shiqchining kontserti 20 dekabr kuni Kolombo shahridagi regbi uchun mo'ljallangan stadionda bo'lib o'tgan. Davlat rahbarining noroziligiga kontsert vaqtida qo'shiqchining muxlislari o'zini tutishlari yoqmagan: ular kiyimlarini echib, o'z kumirlariga qarata uloqtirishgan va unga havodan bo'salar yo'llashgan.

"Bu borib turgan qoloqlik va bunday harakatlar bizning milliy an'analarimizga xos emas", deydi prezident. U bunday muxlisalarni ham jazolash kerakligini ta'kidlab o'tgan.

U shuningdek, kontsert uchun chiptalar bahosi (5000 rupiydan 50 ming rupiygacha, bu taxminan 35 dollardan 350 dollargacha degani) haddan tashqari qimmatligiga e'tibor qaratgan.

Bu kontsert Iglesiasning dunyo bo'ylab uyushtirayotgan turnesi davomida o'tkazilgan. Kolombodagi kontsert tashkilotchilari hozircha prezidentning fikrlariga munosabat bildirishmagan.

Яндекс.Метрика