У нас есть только
оригинальные песни

Shu paytga qadar chiqqan eng zo'r gadjetlar ro'yxati tuzildi

calendar 04.05.2016
1268

Time Amerika jurnali o'z saytida hamma davrlarning eng nufuzli 50 ta gadjeti ro'yxatini ma'lum qildi. Ro'yxat nashriyot jamoasi o'rtasida uzoq muhokamalardan so'ng tuzildi.

Ko'rsatilgan uskunlar har doim ham o'z turidagi birinchi texnik vosita bo'lmagan va doim ham iqtisodiy foyda keltirmagan. Biroq umuman olganda sanoatga rivojiga hissa qo'shgan. 

Shunday qilib, birinchi o'ntalikni keltiramiz:


1. Apple iPhone  - ular sensor ekranli smartfonlar erasini boshlab bergan;


2. Sony Trinitron rangli televizori  – 1960 yil chiqqan;


3. Apple Macintosh shaxsiy kompyuteri – inson va kompyuter o'zaro aloqalarining standartini kiritdi;


4. Sony Walkman kassetali pleeri – birinchi portativ, oddiy va arzon musiqali pleer;


5. IBM Model 5150 kompyuteri – Apple bozoridan tashqari barcha shaxsiy kompyuterlarning asosi bo'lib xizmat qildi;


6. Victrola fonografi – uyda musiqa tinglash epoxasini ochib berdi;


7. Regency TR - 1 birinchi tranzistorli cho'ntak radiopriyomniklari;


8. Kodak Brownie arzon narxli fotokamera  – hamma uchun suratga olishni osonlashtirdi;


9. Apple iPod audiopleeri – foydalanuvchilar CD-pleerlardan voz kechishlariga muvaffaq bo'ldi;

10. Hitachi Magic Wand vibromassajyori;

11. Canon Pocketronic kalkulyatori – cho'ntak kalkulyatorlarining arzonlashtirdi va ixchamlashtirdi;


12. Philips N1500 VCR proigrivateli – teleko'rsatuvlarni yozib olish imkonini yaratdi;


13. Atari 2600 o'yin pristavkasi – o'yin sanoati cho'qqiga chiqishga poyqadam bo'ldi;


14. US Robotics Sportster 56K modemi – dial-up-modemlari millionlab odamlar uchun interdan foydalanish imkonini berdi;


15. Nintendo Entertainment System o'yin pristavkasi – o'yin sanoati inqirozidan so'ng bozorni qayta jonlantira oldi;


16. Nintendo Game Boy cho'ntak pristavkasi – zamonaviy mobil o'yinlar bozorini ochdi;


17. IBM Selectric elektrik bosma mashinasi – kompyuter erasini boshlab berdi;


18. Motorola Bravo peyjerlari – boshqa mobil aloqa uskunalari uchun yo'l ochib berdi;


19. JVC VideoMovie videokamerasi – 1980 yillarda dunyoni o'zgartirib yuborgan maishiy videokameralar namunasi;


20. Motorola Droid – Android platformasidagi birinchi muvaffaqiyatli smartfon.

Manba: kun.uz

Яндекс.Метрика