У нас есть только
оригинальные песни

Shukrullo Isroilov to'ng'ich o'g'lini uylantirdi

calendar 21.10.2015
4347

20 oktyabr kuni o'zbekistonlik so'z ustasi Shukrullo Isroilov o'zining to'ng'ich o'g'lini uylantirdi. To'y marosimi poytaxtimizdagi Osiyo Grand to'yxonasida bo'lib o'tdi.

"Mirzo” estrada teatri aktyori, qiziqchi Shukrullo Isroilov ikki o'g'il, bir qizni voyaga etkazmoqda. Ular ichida eng to'ng'ichi – Xumoyunning kuni kecha bo'lib o'tgan nikoh to'yida O'zbekiston Xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova va boshqa ko'plab yurtimizning ko'zga ko'ringan san'atkorlari ishtirok etdi.

Obid Asomov, Mirzabek Xolmedov va "Mirzo” teatri aktyorlari esa kechada mezbon sifatida qatnashdi. 18 oktyabr kuni esa Yakkasaroy to'yxonasida shu munosabat bilan elga osh berilgan edi.

Shukrullo Isroilov 1970 yil 14 yanvarda dunyoga kelgan. Musiqa maktabida rubob yo'nalishida tahsil olganidan so'ng Toshkent san'at (Teatr fakulteti) va Sharqshunoslik institut (Xalqaro fakultet)larini tamomlagan. San'atdagi faoliyatini 1982 yildan boshlagan. Shu vaqtga qadar AQSh, Rossiya, BAA va boshqa ko'plab davlatlarga gostrol safarlarini uyushtirgan.

Яндекс.Метрика