"Oila davrasida” gazetasi O'zbekiston kinematografining mumtoz kartinalaridan biriga aylangan "Shum bola” filmiga oid bir qancha qiziqarli tafsilotlar haqida yozib chiqdi. Ilgari ularning ayrimlari keng jamoatchilikka yaxshi tanish emas edi.
Ta'kidlanishicha, film olinishida jami
50 aktyor asosiy rollarni o'ynagan bo'lsa, ommaviy sahnalarni hisobga
olgan holda ishtirokchilar soni 6 ming kishiga etgan.
Buncha odamning
s'yomkaga jalb qilinishi barobarida, kartina uchun ajratilgan byudjet
ham juda kamtarona edi. U pullar rejissyorning g'oyalarini amalga
oshirishga etmas edi. Mana shunda barcha aktyorlar filmda tekinga rol
ijro etishga hamda gonorar talab qilmaslikka rozi bo'lishgan. Ularning
bu ishi tufayli kartina to'laligicha suratga olingan.
Bundan tashqari, bizga ma'lum filmdan bir qancha kadrlar va sahnalar kesib olingan. Masalan, Soyib Xo'jaev bilan Qoravoyning tog'ora savdolashadigan joyida Xo'jaevning qahramoni "Cho'ntagingda hemiring yo'q ekan, nima qilasan savdolashib, bilasanmi, bu tog'oraga Nikolay podshoning o'zi cho'milgan”, degan gapi bor edi. Shu gap o'sha davr tsenzurasidan o'tmagan va kesib tashlangan.