У нас есть только
оригинальные песни

Shvarsenneger o‘g‘lining bitiruv oqshomiga sobiq rafiqasi bilan birga bordi

calendar 16.05.2016
1207

Hollivud aktyori, Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenneger o‘g‘lining bitiruv oqshomiga sobiq rafiqasi Mariya Shrayver bilan tashrif buyurdi. Bu haqda, ABC News nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Patrik Shvarsenneger Janubiy Kaliforniya universitetini tamomladi. 22 yoshli bitiruvchini qo‘llab-quvvatlashga uning otasi ham, onasi ham bordi. Marosimdan so‘ng ular oilaviy suratga tushdi.

“Bu ikkovisiz men ham bo‘lmas edim. Hammasi uchun sizga rahmat, ikkalangizni ham yaxshi ko‘raman”, — deb yozdi rasm ostida Patrik.

Arnold Shvarsenneger, o‘z navbatida, o‘g‘lidan faxrlanishini aytdi.

Shvarsenneger va Shrayverning to‘rt farzandi bor. Ular 2011-yilda ajrashib ketgan edi.

Яндекс.Метрика