У нас есть только
оригинальные песни

Shvetsiyada "Еvrovidenie" musiqa tanlovi ochildi

calendar 09.05.2016
922

8 mayda Stokgolm qirollik saroyi "Еvrovidenie" musiqa tanloviga o'z qo'shiqchilarini yuborgan 42 ta davlat vakillariga o'z eshiklarini keng ochdi – butun dunyo musiqa shaydolari sabrsizlik bilan kutayotgan tanlov boshlandi.

Qizil yo'lakchada birinchi bo'lib tanlov boshlovchilari Petra Mede va tanlovning o'tgan yilgi g'olibi va uning g'alabasi evaziga Shvetsiya 6 marotaba ushbu tanlovni qabul qilayotgan Mons Selmerlev paydo bo'ldilar. Ularning ortidan tanlovning barcha ishtirokchilari yurib o'tdilar. 

Bukmekerlar rossiyalik qo'shiqchi Sergey Lazarevni tanlov favoriti sifatida ko'rishmoqda. Bu orada Ozarbayjon tanlovning siyosiylashib ketgani sababli keyingi yilda unda ishtirok etishni istamayotganini ma'lum qildi. Ozarbayjonning bunday e'tiroziga Armanistonning tanlovda tan olinmagan Tog'li Qorabog' respublikasi bayrog'i bo'lishini aytgani sabab bo'lgan.

Bundan oldin taniqli shved guruhi AVVA muzeyida tanlovning tarixiga bag'ishlangan ""Good evening Europe" (Xayrli kech, Еvropa) deb nomlangan ko'rgazma ochildi. Ko'rgazmada musiqa tanlovi g'oliblarining anjomlari va kostyumlari taqdim qilingan.  
Bu ko'rgazmaning ochilishining bosh tashabbuskori AVVA a'zosi Born Ulveus bo'ldi, chunki guruh aynan 1974 yilda tanlovda g'olib bo'lgandan keyin olamshumul mashhurlikka erishgandi.

Яндекс.Метрика