У нас есть только
оригинальные песни

Shvetsiyada maymun hayvonot bog‘idan qochib ketdi va fastfudga yo‘l oldi

calendar 31.08.2018
789

Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida kichkina maymun hayvonot bog‘idan qochib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Bir necha soatdan keyin hayvon fastfud oshxonasida qovurilgan kartoshka yeb turgan holatda topilgan.

Muassasa xodimlari politsiya chaqirgan, biroq maymun ko‘p shovqin ko‘tarmagani, hammani o‘z harakatlari bilan hayron qoldirganini ta’kidlagan.

Mahalliy politsiya matbuot kotibi hayvon bog‘ga qaytarilganini xabar qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tergov maymunning hayvonot bog‘idan restorangacha o‘zi bora olishiga shubha qilmoqda.

Яндекс.Метрика