У нас есть только
оригинальные песни

Shvetsiyaga 150 ming nafar qochoq kelishi kutilmoqda

calendar 09.10.2015
1205

Shvetsiya migratsiya muammosi bilan bog‘liq inqirozli vaziyatga tayyorlanmoqda. Bu haqda, "Yevropeyskaya pravda” xabariga ko‘ra, Shvetsiya bosh vaziri Stefan Leven ma’lum qildi.

"Bu Ikkinchi jahon urushidan keyin kuzatilgan eng yomon migratsiya inqirozidir. So‘nggi yetti kun davomida Shvetsiyaga 8899 kishi keldi. Agar shunday davom etaversa, bu yerga 150 ming kishi keladi”, — dedi u.

"Shvetsiya inqirozga tayyorlanmoqda. Joriy vaziyat bizdan va Yevropa Ittifoqidagi hammadan o‘ziga mas’uliyat olishni talab qiladi. Bu bizga pulga tushadi”, — dedi Leven.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda qochoqlarni boshpana bilan ta’minlash birinchi galdagi vazifadir. "Standartlar pasaymoqda. Bunda gap bosh ustidagi tom haqida bormoqda”, — deya, u Shvetsiya hukumatining qochoqlar uchun isitish uskunasi bor chodirlar sotib olish niyatida ekanligini bildirdi.

Qayd etish joiz, Shvetsiya hozirga qadar qochoqlarni eng yaxshi sharoitlar bilan qabul qilib oluvchi mamlakatlardan biri sifatida e’tirof etilardi. 9-oktabr kuni Yevropa Ittifoqining yangi rejasi doirasida qochoqlarning dastlabki guruhlari Italiyadan Shvetsiyaga ko‘chirildi.

Яндекс.Метрика